Mourinoning “Real”ga qaytishi deyarli aniq bo‘ldi
Sport
−
16 may 2489 1 daqiqa
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning “Real Madrid”ga bosh murabbiy bo‘lish ehtimoli juda yuqori baholanmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Mourino ushbu lavozim uchun asosiy va yagona nomzod hisoblanadi. Xabarga ko‘ra, tomonlar kelishuvga juda yaqin va mashhur insayder Fabritsio Romanoning iborasi bilan aytganda, “Here we go” e’lon qilinishi ham uzoq emas. Joze “qirollik klubi”dan so‘ng murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi. Shunday qilib, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubini tark etganidan 13 yil o‘tib yana jamoa boshqaruviga juda yaqin turibdi.
63 yoshli Mourino “Real Madrid”ni 2010 yildan 2013 yilgacha ham boshqargan. Uning qo‘l ostida klub Ispaniya chempionligi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” joriy mavsum yakuniga qadar yana ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Birinchisi, joriy yilning 17 may kuni “Sevilya”ga qarshi uchrashuvi, ikkinchisi esa 23 may kuni “Atletik Bilbao” bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi