Ter Shtegen tizzasidan operatsiya qilindi

Sport

image

Ispaniyaning “Jirona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan olgan jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Barselona”dan ijara asosida “Jirona”ga o‘tgan germaniyalik darvozabon Ispaniya chempionatining 22-turida “Ovedo”ga qarshi o‘yinda son mushaklaridan jarohat olgan. Ushbu jarohat uni kamida ikki oyga safdan chiqarishi kutilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, bu holat uning ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishiga ham olib kelishi mumkin.

“O‘tgan dam olish kunlari eng yomon voqea sodir bo‘ldi — men o‘yin paytida jarohat oldim. Men endigina “Jirona”ga yetib kelgandim va bu yerda meni ilk daqiqalardanoq juda iliq kutib olishdi. Jamoaning bir qismi bo‘lib, umumiy maqsadlarimiz yo‘lida yordam berishni intiqlik bilan kutayotgandim. Afsuski, endi bir necha oy futbolsiz qolaman, chunki operatsiya qilindim”, deya yozadi Ter Shtegen o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, ter Shtegen joriy yilning 21 yanvar kuni mavsum oxirigacha ijara asosida “Barselona”dan “Jirona”ga o‘tgandi. U La Ligada ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Darvozabonning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

operatsiya Mark-Andre ter Shtegen “Jirona”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing