Tennis. O‘zbekiston vakilasi xalqaro turnirda yarim finalga chiqdi

Sport

−

image

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Lafboro shahrida tennis bo‘yicha ITF 25 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda O‘zbekiston vakilasi Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti.

Abduraimova musobaqaning chorak finalida norvegiyalik Ulrikke Eykerini 4/6, 6/1, 6/0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, Nigina Lafborodagi musobaqaning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan.

Hozirda O‘zbekistonning birinchi raketkasi hisoblangan Nigina Abduraimova WTA reytingida 167-o‘rinni egallab turibdi. Bugun, 28 oktyabr kuni Nigina yarim finalda estoniyalik Yelena Maliginaga qarshi filan yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Abduraimova - Maligina bahsi Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da start oladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing