Tennis afsonasidan navbatdagi rekord

Sport

image

Jahonning ikkinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Fransiya ochiq chempionati “Rolan Garros” turnirida 12 bor g‘oliblikni tantana qildi. E’tiborlisi, bu jahon rekordi hisoblanadi. Shu paytga qadar birorta tennischi katta dubilg‘a tasnifiga kiruvchi bir musobaqada 12 marta g‘olib bo‘lmagan.

Qumli kortlar qiroli sanaladigan Nadal bu sovrini bilan katta dubilg‘a turnirlaridagi chempionliklari sonini 18 taga yetkazib oldi va bu borada Rojer Federerdan keyin ikinchi pog‘onani egallab turibdi. Shveysariyalik tennischida katta sovrinlar soni 20 tani tashkil etmoqda.

E’tiborlisi ikki afsona “Rolan Garos”ning yarim finalida to‘qnash kelishdi. Bu bahsda g‘olib bo‘lgan Rafael Nadal finalda Dominik Timni 6:3, 5:7, 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib chempionlikni tantana qildi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda ham ushbu tennischilar finalda uchrashishgan va unda ham Nadalning qo‘li baland kelgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Rafael' Nadal'

Baholaganlar

2

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing