Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o‘z mahoratini oshirib kelayotgan yaqin o‘tmishning yetuk futbolchilaridan biri – Temur Kapadze ustozlik qiladi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Yoshlarning ushbu chempionatgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq, U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zlarini noprofessional tarzda tutganliklari uchun O‘FA Ijroqo‘mi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqargan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Temur Kapadze U-19

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing