Temiryo‘lda quloqchin taqib ketayotgan ikki kishini poyezd urib yubordi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 va 28 dekabr kunlari Toshkentda bir yo‘la ikki kishini temiryo‘lda poyezd urib yuborgan. Ularning ikkalasi ham quloqchin taqib, harakatlanayotgan bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Toshkent mintaqasida yuk poyezdi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. U qulog‘iga quloqchin taqib olib, temiryo‘l izida yurib ketayotgan bo‘lgan. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Shuningdek, 28 dekabr kuni soat 16:25 da Toshkent-Tavar-Sariag‘ach yo‘nalishidagi yuk poyezdi taxminan 18-20 yoshlar atrofidagi ayol kishini urib yuborgan. O‘rganish ishlari davomida, 2002 yilda tug‘ilgan qiz quloqchin taqib temiryo‘l izlarida harakatlanganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu fuqaro jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. Unda aralash jarohat, bosh miya lat yeyishi, bosh miya chayqalishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 38 yoshli ayol metro poyezdi yo‘liga yotib olgandi.

Shuningdek, Buxoroda 33 yoshli hamshirani poyezd urib ketgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

269

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing