Temirov Otabek Umarovga UFC qo‘lqopini sovg‘a qildi
Sport
−
31 Oktabr
7024O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Otabek Umarovga UFC qo‘lqopini sovg‘a qildi. Bu haqda Temirovning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Umarovga sovg‘a qilingan qo‘lqopdan Temirov tashkilotdagi debyut jangida foydalanib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
“Otabek Umarov, O‘zbekistonda sport rivoji tufayli sportchilarga o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yo‘llar ochilmoqda. Sportchilarni tayyorlash dasturi va qo‘llab-quvvatlash bizga jangchilarimizning jang san’ati mahoratini namoyish qilish uchun ko‘proq imkoniyat beradi. Bu qo‘lqoplar Ramazon Temirovning debyut jangida unga birinchi raunddayoq texnik nokaut keltirdi. Hali O‘zbekistonga UFC chempionlik kamarini olib kelamiz. Bu bizning umumiy g‘alabamiz!”, deb yozilgan Temirov va uning ustozi tomonidan chiqarilgan postda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 27 yoshli Temirovning UFC'dagi navbatdagi jangi sanasi va raqibi e’lon qilingandi.
Temirov navbatdagi jangini 2025 yil 1 mart kuni o‘tkazishi kutilmoqda. Unga amerikalik jangchi raqiblik qilishi mumkin.