Telekanallar energetik ichimliklar reklamasi bo‘yicha ogohlantirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 22-1 moddasiga muvofiq, energetik ichimliklar reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi eslatib o‘tdi.

Energetik ichimliklar reklamasi ichimliklarni iste’mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, ushbu jarayonlar iste’molchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak. 

Ta’kidlash joizki, mazkur talablar energetik ichimliklarni bunday xususiyatlari to‘g‘risidagi reklamada bevosita ko‘rsatma sifatida qo‘llaniladi hamda energetik ichimliklarni iste’mol qilish sport yoki shaxsiy yutuqlarga erishish yoxud jismoniy va ruhiy holatni yaxshilash uchun muhimligi haqidagi ma’noni (tasavvurni) reklamadan foydalanuvchiga xabardor qilishning bilvosita usullariga ham taalluqlidir.

Energetik ichimliklar reklamasida sportchilarning qiyofasidan (foto, video, mashg‘ulotlar jarayonlari) yoki biror-bir sohada katta muvaffaqqiyatlarga erishgan mashhur insonlar (akterlar, biznesmenlar, shifokorlar va x.k.) obrazlaridan foydalanish ta’qiqlanadi. Shuningdek, reklamada:

 - energetik ichimliklarni iste’mol qilish yoki iste’mol qilishga hozirlanish jarayonini (fotosurat, ovozli kadr);

 - sport yoki boshqa sohada erishilgan muvaffaqqiyatlarga energetik ichimliklarni iste’mol qilish natijasida erishilganligi to‘g‘risidagi tasavvurlar, iste’mol qilingan energetik ichimliklar bilim olish yoki boshqa mashg‘ulotlarda kuch, energiya va tetiklik berishi holatini;

 - energetik ichimliklarni iste’mol qilish orqali farovonlikka erishish holatini;

 - energetik ichimliklarni iste’mol qilish iste’molchilarning jamiyat tomonidan e’tirof etilishi, ijtimoiy va shaxsiy yutuqlarga erishishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltiruvchi boshqa harakatlar va harakatsizliklar aks ettirilishi ta’qiqlanadi. 

Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, Qo‘mita tomonidan tele va radiokanallarga, energetik ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarga energetik ichimliklar reklamasini amalga oshirishda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishlari kerakligi to‘g‘risida xabardor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

reklama energetik ichimlik

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing