Telegram orqali odamlarni chuv tushirgan FDU talabasi qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida Telegram messenjeri orqali firibgarlik qilib yurgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtning Yunusobod tumanida yashovchi, “Next” savdo majmuasida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 1999 yilda tug‘ilgan Jahongir U. (barcha shaxslarning ism-familiyasi o‘zgartirilgan) ismli shaxsning bank plastik kartasidan 2.020.000 so‘m miqdoridagi pullarini noma’lum shaxs “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Click va UzCard rasmiy Dilleri” nomli akkaunti orqali noma’lum yo‘llar bilan yechib oladi. Voqea joriy yilning 10 may kuni sodir bo‘ladi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv hamkorligi bo‘limi va Yunusobod tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor surishtiruv ishlari olib boriladi. Natijada Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi, shu tumanda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida ingliz tili o‘qituvchisi, Farg‘ona davlat universiteti talabasi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Pirimqul J. aniqlanib, ushlanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pirimqul J. jinoiy harakatlarini amalga oshirish va jinoyat izlarini yashirish maqsadida, may oyining boshlarida “Samsung J” rusumli telefon apparati hamda internet tarmog‘i orqali AQSHda ro‘yxatga olingan +1(747)251-5148 SIP telefon raqamiga “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Click va UzCard rasmiy Dilleri” nomli akkauntni ro‘yxatga oladi. 

Shundan so‘ng, Click va UzCard tashkilotlari nomidan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida mavjud kanal va guruh obunachilarni ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan obunachilarga tegishli bo‘lgan bank plastik kartalarining ma’lumotlarini olishni boshlaydi. Bank plastik kartalarda bo‘lgan barcha mablag‘larni yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, internet tarmog‘i orqali R2R xalqaro pul o‘tkazmalar tizimiga ulanadi va mablag‘larni yechib ola boshlaydi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan jami 8.000.000 so‘m miqdoridagi mablag‘ni internet tarmog‘i orqali legallashtirib, otasi vaqtincha ishsiz, 1968 yilda tug‘ilgan Diyor A.ning nomiga Milliy bank tomonidan rasmiylashtirilgan Virtual bank plastik kartasiga o‘tkazib turadi.

“Fuqaro Pirimqul J.ning oldida bo‘lgan “Samsung J” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirilganda, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ro‘yxatga olingan +1(747)251-5148 SIP telefon raqamiga bog‘langan “Click va UzCard rasmiy Dilleri” nomli akkaunti, “ClickVOT” akkauntida virtual bank plastik kartasi borligi aniqlanib, virtual bank plastik kartasida 20 may holatiga jami 19.283.000 so‘m miqdorida mablag‘lar mavjudligi aniqlanib, “Samsung J” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil sifatida olinib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga topshirildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing