Telegram orqali firibgarlik qilgan “kreditchi” aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yilning 24 aprel kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida noma’lum shaxs Buvayda tumanida yashovchi 37 yoshli M.A.ga (ayol) 28.000.000 so‘m miqdordagi pullarni onlayn kredit asosida rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Shu maqsadda ayoldan kredit uchun oldindan 1.400.000 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Shundan so‘ng, holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, M.A.nining plastik kartasidan 1.400.000 so‘m pulni U.S. o‘zining sim-kartasiga rasmiylashtirib olgan. Shu tariqa undan foydalanib kelgan. Unga tegishli bo‘lgan plastik va sim kartalar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

“Hozirda U.S., ga nisbatan yuqoridagi modda bilan ayb elon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing