Telegram obligatsiyalar savdosidan 1 milliard dollardan ko‘p mablag‘ to‘pladi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Telegram kompaniyasi sayyoradagi eng yirik investorlarga obligatsiyalar sotish orqali bir milliard dollardan ko‘proq mablag‘ to‘pladi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.  

"Men Telegram dunyodagi eng yirik va eng bilimdon investorlarga obligatsiyalarni sotish orqali bir milliard dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plaganini e’lon qilishdan mamnunman. Bu Telegram'ga o‘z qadriyatlari va mustaqilligini saqlagan holda global o‘sishni davom ettirish imkonini beradi. Ushbu manbalar men dekabr oyida ishlab chiqqan monetizatsiya strategiyasini ham kuchaytiradi", deb yozgan Durov. 

Shuningdek, u Telegram'ning asosiy maqsadi insoniyatni o‘nlab yillar davomida aloqa bilan ta’minlay oladigan moliyaviy jihatdan xavfsiz kompaniyaga aylanishi ekanini eslatgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bundan biroz avval TON investorlari Durovdan TON blokcheyn loyihasidagi muvaffaqiyatsizlik doirasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilgan. Investorlar zarar miqdorini 100 million dollarga baholagan. Pavel Durov qarzni qoplash maqsadida obligatsiyalarni sotishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing