Telegram Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qila boshladi – OAV
Olam
−
21 Sentabr
3343Rossiyalik tadbirkor, Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng messenjer ma’muriyati butun dunyo huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘rovlariga faolroq javob bera boshladi. Bu haqda “Le Figaro” gazetasi yozmoqda.
Bundan avval “Liberation” gazetasi Telegram asoschisi hibsga olinganidan keyin uning “strategiyasini keskin o‘zgartirgani” haqida yozgan edi.
“Le Figaro” nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biri allaqachon Telegram’dan 100 ga yaqin buyurtmachi qotillik muhokama qilgani haqidagi so‘rovga javob olishga muvaffaq bo‘lgan. Janubiy Koreya rasmiylari tomonidan messenjerlar jamoasiga yana bir so‘rov yuborilgan.
O‘z navbatida, “Liberation”ning ta’kidlashicha, Telegram Fransiya milliy politsiyasining voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi so‘rovlariga javob bergan. Messenjer ma’muriyati bolalarga nisbatan jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan shaxslarni aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Telegram'ning adolat bilan aloqalar o‘rnatishga tayyorligi ko‘plab milliy va xalqaro tekshiruvlarni ilgari surishi mumkin”, deya yozgan “Le Figaro”.
Durov ishi
Pavel Durov 24 avgust kuni “Le Burje” aeroportida shaxsiy samolyotidan tushgan vaqtida qo‘lga olingan edi. U messenjerdagi noqonuniy kontentni qasddan tartibga keltirmaganlikda ayblangan.
28 avgust kuni Durov 5 million yevro garov evaziga hibsdan ozod qilindi. Unga Fransiyani tark etish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berish sharti qo‘yildi. U bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ular orasida noqonuniy faoliyat olib boriladigan platformani boshqarish, rasmiylar tomonidan so‘ralganda ma’lumot berishdan bosh tortish, pul yuvishda ishtirok etish, bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlik kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram-messenjeri asoschisi Pavel Durov Fransiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqa o‘rnatdi va ularga Telegram foydalanuvchilarining shaxsini aniqlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishni boshlagandi.
LiveBarchasi