Telegram’da yangi funksiya ishga tushiriladi
Olam
−
18 fevral 1294 1 daqiqa
Telegram messenjerida yangi funksiya paydo bo‘ladi. Bu haqda “Beta Info” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yangilik orqali shaxsiy yozishmalardagi xabarlarni nusxalash imkoniyati cheklanadi. Hozirda faqat kanallarda xabarlarni nusxalashni bloklash mumkin. Tez orada bu imkoniyat shaxsiy xabarlarda ham mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib, foydalanuvchilar nafaqat kontaktlarining xabarlarni ko‘chirishini, balki shaxsiy suhbatlardagi kontentni saqlashi va boshqa joyga yo‘naltirishini ham cheklay oladi.
Nusxalashdan himoyani yoqish uchun kontakt profiliga kirib, “Kontaktni tahrirlash” – “Nusxalashni bloklash” funksiyasini tanlash kerak.
Mazkur funksiya hozircha Telegram’ning iOS uchun beta versiyasida – 12.5 (32413) talqinida mavjud. Biroq hozircha u to‘liq ishga tushirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram bir kunda qariyb 254 ming kanal va guruhni bloklagan edi.
Live
Barchasi