Telegram bir kunda qariyb 254 ming kanal va guruhni blokladi

Olam

image

Telegram bir kun ichida 253 989 ming zo‘ravonlikka undash, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallari tarqatish va noqonuniy mahsulotlar savdosi kabi xizmat shartlarini buzgan kanal va guruhni blokladi. Bu haqda messenjerning rasmiy saytida xabar berildi.

Xabar qilinishicha, Telegram 2026 yilda jami 7 mln 267 299 guruh va kanalni bloklagan. 2015 yildan beri nazorat tizimi foydalanuvchilaridan keladigan shikoyatlarni avtomatik tahlil qiladigan dasturlar bilan birga ishlaydi, ya’ni odamlar bildirgan muammolarni texnologiya yordamida tezroq aniqlaydi. 2024 yil boshidan esa bu jarayon yanada kuchli sun’iy intellekt vositalari bilan yaxshilanib, qoidabuzarliklarni aniqlash tezligi va aniqligi oshirilgan.

Telegram bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallari (BJZM)ga nisbatan nol tolerantlik siyosatini qo‘llaydi. 2018 yildan beri ochiq ko‘rinishdagi tasvirlar avtomatik tarzda moderatorlar tomonidan taqiqlangan BJZM ma’lumotlar bazasi bilan solishtiradi.
 
2024 yilda bu ma’lumotlar bazasi Internet Watch Foundation kabi tashkilotlarning ma’lumotlari bilan kengaytirilgan. Telegram BJZM kontentini olib tashlash bo‘yicha har kuni shaffoflik hisobotlarini e’lon qiladi. 2026 yilda 77 472 guruh va kanal BJZM bilan bog‘liq materiallar sababli bloklangan. 

Telegram 2016 yildan beri terrorizmga oid kontentni olib tashlash bo‘yicha har kuni hisobot beradi. 2022 yildan beri Telegram, Global ekstremistik g‘oyalar bilan kurash markazi bilan hamkorlikda faoliyatini sezilarli darajada kuchaytirgan. Bu hamkorlik orqali messenjer moderatorlari 200 milliondan ortiq terrorizmga oid kontentni olib tashlagan. 2026 yilda esa 27 282 terror bilan bog‘liq hamjamiyat bloklangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram rekord darajada ko‘p – 519 645 ta kanal va guruhni bloklagani haqida xabar berilgan edi. 

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Telegram kanal guruh 254 ming blokladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing