Telefon quvvatlagichini og‘ziga solgan chaqaloq vafot etdi

3-sahifa

image

Rossiyaning Kemerovo viloyatida telefon quvvatlagichini og‘ziga solgan chaqaloq vafot etdi. Bu haqda SHOT Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Kemerovo viloyati Novokuznetsk shahrida sodir bo‘lgan. Soat 22:00 larda ota-onasining yotoqxonasida o‘ynab o‘tirgan 1,5 yashar bola to‘shak yonida elektr tokiga ulangan telefonni quvvatlagichdan osongina uzgan va zaryadlagich kabelini og‘ziga solgan. Chaqaloq o‘sha zahoti tok urishi oqibatida halok bo‘lgan.

“Marhum chaqaloq o‘ziga to‘q oilada tug‘ilgan edi. Uning 32 yoshli onasi tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lish maqsadida tug‘uruq ta’tilida bo‘lgan, biroq biroz muddatga chalg‘ishi og‘ir oqibatlarga olib keldi”, deyiladi xabarda. 

Mazkur holat yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Xarkov viloyatida 11 yoshli qiz qo‘lida planshet portlashi oqibatida halok bo‘lgan edi. Aniqlik kiritilishicha, Pavlivka qishlog‘ida sodir bo‘lgan mazkur voqeaga elektr tokiga ulangan planshetning portlab ketgani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq Telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing