Telefon “chexol”larining ba’zi zararlari ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq 9347
image

Telefon g‘iloflari xar doim ham telefonni himoya qilmasligi mumkin. Ba’zi hollarda u fotosuratlar sifatini pasaytirishi, ayrim ulagichlarni yopib qo‘yishi ham mumkin. “Roskachestvo” rahbari o‘rinbosari Ilya Loyevskiy shunday fikr bildirdi.

Vaqt o‘tishi bilan "chexol" ostida mikrozarrachalar va qum yig‘ilishi, bu esa korpusni qirib tashlashi ehtimoli kuchli. Silikon g‘iloflar esa vaqt o‘tgani sari yig‘ilgan changlar ta’sirida sarg‘ayishi va bu fotosurat rangiga ta’sir qilishi mumkin.

Lekin bu kabi holatlar g‘ilof telefonning orqa qismini butunlay qoplaydigan (yoki rasmning yoritilishini kuchaytiradigan chiroqni qoplagan) bo‘lsa shunday bo‘ladi. Boshqa holatlarda telefon qoplamalari bilan yuqorida qayd etilgan holatlar kamdan-kam uchraydi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 453
Reyting: 3
Teglar
t
×