Teleboshlovchi Lera Kudryavseva kiberfiribgarlarning qurboniga aylandi

Madaniyat-san’at

image

So‘nggi vaqtlarda nafaqat oddiy insonlar, balki mashhurlar ham kiberfiribgarlarning qurboniga aylanmoqda. Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Lera Kudryavseva ham zamonaviy firibgarlarning tuzog‘iga tushdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

“Sizlarda ham shunga o‘xshash holat takrorlanmasligi uchun nima bo‘lganini aytib berishga qaror qildim. 11 noyabr kuni menga Amerika raqamidan maktub keldi. Xat yozgan shaxs o‘zini Natasha, deb tanishtirdi. Haqiqatdan ham Amerikada Natasha degan tanishim bor edi. Shu sababli men shubhaga bormadim. U men bilan xuddi yaqin dugonalardek gaplashdi va Amerikadan pul jo‘natolmayotganini aytib, 180 ming rubl [taqriban 3 000 AQSH dollari — tahr.]ni bu yerdagi odamning plastik kartasiga o‘tkazishimni iltimos qildi. Men ana shu vaqtda mashina boshqarayotgan va rejalashtirgan ishlarimga kech qolayotgan edim. Shu sababli gapni ko‘paytirmasdan, tanishimga yordam beryapmanku deb o‘ylab, 180 ming rublni u aytgan kartaga o‘tkazib yuboribman. Oradan bir hafta o‘tdi. Natashadan menga boshqa xat kelmadi. Shundan keyin men Natasha bilan Instagram'da yozishdim va ma’lum bo‘ldiki, tanishim mendan 180 ming rubl so‘ramagan, u odam esa firibgar bo‘lgan ekan. Men ertagayoq politsiyaga ariza yozaman va bank xodimlari bilan bog‘lanaman. Bu voqeani boshqalarga aytganimdan so‘ng bildimki, ko‘pchilik bunday firibgarlarning tuzog‘iga tushayotgan ekan. Iltimos, men kabi ishonuvchan va sahiy bo‘lmanglar”, deydi Lera Kudryavseva.


Shu o‘rinda mashhur teleboshlovchi bu kabi tovlamachilar aniq ma’lumotlarga qanday ega bo‘layotganini tushunmasligini aytib, o‘zining “ahmoq”ligini tan olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Lera Kudryavseva 1971 yilning 19 may kuni Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida dunyoga kelgan. U Rossiya teatr san’ati institutini tamomlaganidan so‘ng, 1995 yildan beri Rossiyaning qator telekanallarida boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent IIBB plastik kartalardan pul yechib olish orqali firibgarlik qilishning ommalashayotgan yangi turidan ogohlantirgan edi.

Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda kiberjinoyatlar soni keskin oshib ketganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Lera Kudryavtseva kiberfiribgarlar

Baholaganlar

178

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing