Texnikumdan OTMga imtihonsiz kirish bekor qilinadi

Jamiyat

image

Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi.

“Umuman, texnikumlarga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo‘li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo‘lishi kerak”, deydi Prezident Mirziyoyev.

Yig‘ilishda Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli ta’lim kreditini yangi o‘quv yilidan texnikum va kollej o‘quvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarda o‘qish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a’zolari uchun subsidiyalar ko‘paytirilishi belgilandi.

Oliy ta’lim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini o‘rganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.

Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga o‘tkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon texnikum

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing