Texasdagi maktabda otishma: 19 nafar bola o‘ldirildi
Olam
−
25 may 2022
12369Kecha, 24 may kuni AQSHning Texas shtati Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktablardan birida 18 yoshli yigit qurolli hujum uyushtirdi. Hodisada hozirgacha 21 kishi qurbon bo‘ldi.
ABC telekanali ma’lumotiga ko‘ra, dastlab boshlang‘ich maktab yaqinida otishma bo‘lgan, keyin o‘q uzgan shaxs maktab binosiga qochib ketgan va u yerda barrikada qo‘yib olgan.
Bir soatdan keyin politsiya hujum qilgan 18 yoshli Salvador Romasning hibsga olingani haqida xabar berdi. Keyinchalik jinoyatchi yo‘q qilingani ma’lum bo‘ldi.
Texas gubernatori Greg Abbottning aytishicha, gumonlanuvchi to‘pponcha bilan qurollangan. Bundan tashqari, uning yonida miltiq ham bo‘lgan.
Salvador Romas
Shahar politsiya departamenti vakili Pit Arredondoning aytishicha, Romas yolg‘iz harakat qilgan. Uning xatti-harakatlari ortida turgan sabablar hozircha aniq emas. Hodisa oqibatida kamida 19 bola va ikki nafar yoshi katta odam halok bo‘lgan.
13 nafar talaba shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ikkitasi San-Antonio shahriga yetkazilgan. Bundan tashqari, 45 yoshli odam o‘qdan jarohat olgan. Ularning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
Shtat senatori Roland Guterresning aytishicha, voqea sodir bo‘lishidan biroz oldin hujumchi o‘z buvisini otib tashlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli haqida xabar berilmagan.
LiveBarchasi