Texasda deyarli 9 mln kishi ichimlik suvi muammosiga duch kelmoqda 

Olam

image

AQSHning Texas shtatida taxminan to‘qqiz million kishi yoki shtat aholisining uchdan bir qismi sovuq harorat tufayli ichimlik suvi muammosiga duch kelmoqda. Bu haqda "NBC News" xabar bermoqda. 

Shtat gubernatori Greg Ebbott aholiga ichimlik suvini tarqatishda Milliy gvardiya va harbiylar ishtirok etishini ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, mas’ullar aholiga allaqachon 3,5 million shisha suv yetkazib bergan. 

Ebbott Texasdagi ta’mirlash ishlariga boshqa shtatlardan kelgan chilangarlar jalb qilinganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 20 fevral kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden kuchli qor yog‘ishi sababli Texasni tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilgan. 

Avvalroq, AQSHda kuzatilayotgan qattiq sovuq tufayli Niagara sharsharasi qisman muzlab qolgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

suv Texas

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing