Texas o‘z tarixidagi eng katta yong‘in bilan kurashmoqda

Olam

image

28 fevral kuni Texas shimolida boshlangan kuchli o‘rmon yong‘inlari hozirgacha ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda "Fox Weather" xabar berdi.

Qayd qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilar shtat tarixidagi eng yirik yong‘inlardan birini nazorat qilish uchun kurash olib bormoqda. Ko‘pgina mol-mulk vayron bo‘lgan va aholi evakuatsiya qilinmoqda. 

Texas o‘rmon xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mavsumiy issiq qish va shiddatli shamol tufayli yuzaga kelgan beshta yirik yong‘in shtatning shimoliy hududida faollashgan. 

Yong‘inning eng kattasi “Smokehouse Creek” 26 fevral kuni boshlangan bo‘lib, rekord darajada 435,000 gektar maydonda tarqalgan. “Smokehouse Creek” boshqa yong‘inlar bilan taqqoslansa, u 2006 yilda 307,000 gektar maydonni yoqib yuborgan Sharqiy Amarillo majmuasi falokatidan oshib, shtatdagi eng yirik yong‘inga aylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘indan jabrlangan 44 yoshli yuk mashina haydovchisi Oklaxoma Siti shifoxonasida vafot etgan. 

“Evakuatsiya qilish jarayonida Stinnett shahrida 83 yoshli ayolning jasadi topildi”, deydi okrug favqulodda xizmatlar vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Stinnettdagi 20 ga yaqin bino yong‘in oqibatida vayron bo‘lgan. 120 yillik Texas ranchosi 32 ming gektarlik mulkining 80 foizini yo‘qotgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya g‘arbida, Dardanell bo‘g‘ozi yaqinidagi Chanoqqal’a viloyatida 1,5 ming gektar maydonda tabiiy yong‘in sodir bo‘lgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Texas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing