Tegishli hujjatsiz tadbirkorlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 oktyabr kuni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonun bilan Fuqarolik, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Fuqarolik kodeksining 53-moddasi 3-xatboshida belgilanishicha, yuridik shaxs faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan) amalga oshirilgan taqdirda sudning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 289-moddasi 1-qismida belgilanishicha, fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar - faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. 

Shuningdek MJTK 245-9-modda bilan to‘ldirildi, unga muvofiq litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va o‘rinbosarlari ushbu huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi hamda uni sudga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

JKning 190-moddasida faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlikdan tashqari, faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik litsenziya

Baholaganlar

176

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing