Tehronda Oliy sudning ikki sudyasi otib ketildi
Olam
−
18 yanvar
2763Bugun, 18 yanvar kuni Eron Oliy sudida otishma sodir etilishi oqibatida ikki sudya halok bo‘ldi. Hujumni amalga oshirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda IRNA xabar berdi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lgan sudyalar – Muhammad Mokiseh va Ali Razini milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, josuslik va terrorizmga oid ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani amalga oshirgan shaxsning Oliy sudda ko‘rib chiqilgan hech qanday ishi bo‘lmagan va u mazkur muassasaga tashrif buyuruvchi sifatida qayd etilmagan. Hozircha jinoyatchining shaxsi aniqlanmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ali Raziniga 1998 yilda ham suiqasd uyushtirilgan. O‘shanda u Tehron bosh sudyasi bo‘lgan va uning avtomobiliga bomba o‘rnatilgan. Biroq u suiqasddan omon qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining qochqinlar bo‘yicha vaziri Halil ur-Rahmon Haqqoniy Qobuldagi masjid oldidagi teraktda halok bo‘lgan edi. Xudkush Haqqoniy hujjatlar imzolayotgan paytda o‘zini portlatgan. “Tolibon” vakili bilan birga yana olti kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar