Tehronda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto+video)

Jamiyat

image

Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarini Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Eronning davlat bayroqlari ko‘tarildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing