Tehronda xavf signallari: shaharliklar sarosimaga tushdi
Olam
−
30 yanvar 2021
1314729 dan 30 yanvarga o‘tar kechasi Eron poytaxti Tehronda xavf sirenalari yangradi. Shundan so‘ng, shaharda geolokatsiya tizimlari va qisman internet ishlamay qolgan.
Osmondagi faollikni kuzatib boruvchi saytlar ma’lumotiga ko‘ra, 30 yildan beri ilk bor Eron poytaxti uzra aviaqatnov to‘xtatilgan. Taxminlarga ko‘ra, aeroportga kiberhujum bo‘lgan.
OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Turkish Airlines” kompaniyasining Istanbuldan uchgan Airbus A321 samolyoti Tehrondagi Imom Humayniy xalqaro aeroportiga qo‘na olmay, Bakuga yo‘l olgan. Bunga ob-havo sharoiti sabab qilib ko‘rsatildi.
Sirena yoqilishi bilan Tehron aeroporti atrofidagi uylarda elektr energiyasi ham o‘chirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat ehtimoliy havo hujumi sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. Odamlar xavf signalini eshitgach, sarosimaga tushib, yashirinishga harakat qilgan.
Kuzatuvchilar fikricha, ma’lum vaqt davomida Tehron uzra birorta ham samolyot bo‘lmagan. Internetda uzilish kuzatilgan. Odamlar aeroportlar saytlari va GPS`ga bog‘langan geolokatsiya tizimlariga kira olmagan.
Tehron viloyatining favqulodda vaziyatlarlar departamenti rahbari Mansur Darajatining so‘zlariga ko‘ra, xavfdan ogohlantirish tizimi buyruqsiz, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida ishlab ketgan.
Tehron hokimi yordamchisi Hamid Rizo Guderzi turk samolyoti sirena sabab aeroportga qo‘na olmagani haqidagi fikrlarga munosabat bildirib, poytaxtning g‘arbida xavf signallari sinovdan o‘tkazilganini va hech qanday xavf yo‘qligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi