Tehronda IIPK zobiti o‘ldirildi
Olam
−
23 may 2022
7467Eron poytaxti Tehronda qurolli hujum natijasida Islom inqilobi posbonlari korpusi zobiti Seyyod Xodai halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea Mojohidini-Islom ko‘chasidagi Xodaining uyi yaqinida sodir bo‘lgan. Mototsiklda o‘tirgan ikki noma’lum shaxs Xodaining mashinasiga qarata o‘t ochishi natijasida u boshidan halokatli jarohat olgan.
Hujumchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ularni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya boshlangan.
Ma’lumot o‘rnida, halok bo‘lgan zobit Suriyadagi Islom inqilobi posbonlari korpusi safida janglarda qatnashgan.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi