Tehron Rossiyaga qurol yetkazib berganini rad etdi
Olam
−
11 Sentabr
2307Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Nosir Kanani Amerika matbuotining Tehron Ukrainadagi urush vaqtida foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib bergani haqidagi bayonotlarini rad etdi. Bu haqda “Fars” agentligi xabar berdi.
“Biz Erondan Ukrainadagi urush qatnashchilaridan biriga qurol yetkazib berilishi haqidagi bayonotlarni qat’iyan rad etamiz. Eronni ayblaganlarning o‘zlari urishayotgan tomonlardan birining eng yirik qurol eksportchisi bo‘lib, Ukrainaning beqarorlashuvida muhim rol o‘ynaydi”, deydi Kanani.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” nashri Kaspiy dengizi orqali Eronning Rossiyaga 200 dan ortiq ballistik raketalar yetkazib bergani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng, Ukraina TIV Eronning mamlakatdagi muvaqqat vakilini chaqirtirib, ushbu harakatning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirgan. Keyinroq esa, G‘arbning bir qator davlatlari, xususan, Germaniya, Fransiya va Britaniya Eronning Rossiyaga raketa yetkazib bergani haqidagi xabarlar sabab Tehronga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash rejasi haqida bayonot bergan.
LiveBarchasi