Tehron Isroil hujumlarida halok bo‘lganlar bilan vidolashdi

Olam

image

Isroil tomonidan 13 iyun kuni uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lgan 60 nafar eronlik, jumladan, yuqori martabali harbiylar, yadroviy olimlar va tinch aholi uchun Tehronda vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim bugun, 28 iyun kuni ertalab Tehron universitetida duo bilan boshlandi. Unda ko‘plab nufuzli shaxslar, jumladan, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham ishtirok etdi.

Olomon qo‘llarida qora bayroq va bannerlar ko‘tarib, vaqti-vaqti bilan Amerika va Isroilga qarshi shiorlar aytdi.

Marhumlarning jasadlari kortejda Ozodiy maydoniga olib ketildi, shundan so‘ng ular mamlakatning turli shaharlarida, jumladan Tehronda dafn etiladi.

Tadbirda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, “Quds” kuchlari rahbari Ismoil Qani, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Eron oliy rahbarining Isroil zarbalarida yaralangan va keyinchalik vafot etgani ham aytilgan maslahatchisi Ali Shamxoniy va Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf ishtirok etdi.

Isroilga ko‘ra, 12 kun ichida u 30 nafar eronlik qo‘mondon va 11 yadrochi olimlarni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan, sakkizta yadroviy ob’ekt va 720 ta harbiy ob’ektga zarba bergan. Eron tomoniga ko‘ra, 600 dan ortiq odam halok bo‘lgan, asosan tinch aholi vakillari. O‘z navbatida, Eron Isroilga 550 dan ortiq ballistik raketa uchirdi. Ularning aksariyati ushlangan, biroq qolganlari ko‘p joylarda zarar yetkazgan. Isroil 28 kishining o‘limi haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing