TDYUU karantinga olindi
Jamiyat
−
07 may 2021
4762Toshkent davlat yuridik universiteti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilindi.
Talabalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanganligi sababli Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.
Avvalroq, Toshkent Moliya institutida ham o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.