TDT Fatvo hay’ati Ramazon oyi qachon boshlanishini belgiladi

Olam

image

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo davlatlar Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati joriy yilda Ramazon oyi 19 fevral kuni boshlanishini belgiladi. Bu haqda joriy yilning 3 fevral kuni tashkilot saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2026 yil uchun Ramazon oyi va Ramazon hayiti sanalari belgilangan. Hay’at qaroriga ko‘ra, joriy yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral kuniga to‘g‘ri keladi, Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuni nishonlanadi.

Bildirilishicha, Ramazon oyining boshlanishi va Ramazon hayiti sanalarining birgalikda belgilanishi Turkiy davlatlarning musulmon jamoalari o‘rtasida birlikni mustahkamlash hamda diniy amaliyotlarni zamonaviy ilmiy hisob-kitoblar bilan uyg‘un holda saqlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Shu munosabat bilan rahmat, mag‘firat va barakot oyi bo‘lgan muborak Ramazon butun islom olamiga hamda butun insoniyatga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik olib kelishini tilaymiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Turkiy davlatlar tashkilotiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston a’zo. Turkmaniston, Vengriya, (tan olinmagan) Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkilotda kuzatuvchi maqomini olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi dastlabki hisob-kitoblarga tayanib, 2026 yilda mamlakatda Ramazon oyi 18 fevral kuni boshlanishi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing