TDT Bosh vazirlari Bakuda yig‘ildi
Olam
−
15:36 1896 1 daqiqa
Bugun, 2 aprel kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning Bosh vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Report” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur uchrashuv Turkiy davlatlar tashkiloti hukumat rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib, Baku shahridagi Guliston saroyida o‘tkazilgan.
Unda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Turkiya Prezidentining yordamchisi Javdat Yilmaz, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Otaguliyev, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Unal Ustel hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qilgan.
Ushbu uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, yig‘ilish yakunida qo‘shma bayonot qabul qilingan.
Qayd etish joiz, Turkiy davlatlar tashkiloti hukumat rahbarlarining birinchi yig‘ilishi 2025 yil 18 sentyabr kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashgandi.
Live
Barchasi