Tayyorgarlik tamom: Turkiya Suriyada 25 000 askar bilan operatsiya boshlamoqchi

Olam

image

Turkiya Suriya shimolida o‘tkazishni rejalashtirayotgan transchegaraviy operatsiyaning dastlabki bosqichida qariyb 25 ming nafar turk askari ishtirok etishi mumkin. Bu haqda TGRT telekanali manbalarga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, operatsiyaga tayyorgarlik allaqachon yakunlangan. 

Turk armiyasining yangi amaliyoti nishonlari Tell-Rif’at va Manbij hududlari. Unda ishtirok etadigan barcha tuzilmalar jangovar harakatlar boshlanishiga tayyor. 

“Mexanizatsiyalashgan, zirhli va artilleriya bo‘linmalari o‘zlarining boshlang‘ich pozitsiyalarini egalladi”, deb ta’kidlaydi telekanal. 

Operatsiya uchun buyruq hali olinmagan, ammo uni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an istalgan vaqtda berishi mumkin.

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akarning ishontirishicha, operatsiya faqat terrorchilarga qarshi qaratilgan bo‘lib, Turkiya boshqa maqsadlarni ko‘zlamaydi. 

“Terroristlardan boshqa muammomiz yo‘q”, degan u “Habertürk”ga bergan intervyusida.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an operatsiya

Baholaganlar

536

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing