Tayvandagi poyezd halokati qurbonlari soni ortmoqda 

Olam

image

Avvalroq, Tayvan sharqida Xuayalyan okrugi hududi bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgani haqida  xabar bergandik.  

Dastlabki ma’lumotlarda hodisa natijasida to‘rt kishi vafot etgani, uch kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgani va 20 ga yaqin kishi turli darajadagi tan jarohati olgani aytilgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida halok bo‘lganlar soni 36 kishini tashkil qilmoqda.  

Bundan tashqari, jarohat olganlar soni 72 kishidan ko‘proqni tashkil qiladi, ulardan 60 nafari shifoxonalarga yuborilgan. 

Hodisa joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Tayvan'

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing