Taysonning sevimli jangchisi kim?

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Mayk Tayson sevimli bokschisi kimligini ma’lum qildi. Bu haqda Tayson “EsNews” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Temir Mayk”ning sevimli bokschisi ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) ikki karra jahon chempioni, 26 yoshli amerikalik Devid Benavidez (27-0, 23 KO) bo‘lib chiqdi. 

Joriy yilning 26 mart kuni Benavidez hamyurti Kaleb Plantga qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra bir ovozdan g‘alaba qozondi.

“Mening bu fikrga kelganim Benavidezning tezligi va harakatlari bilan bog‘liq. Hali hech kim uni yiqita olmadi. U mening sevimli jangchim, chunki hamma undan qo‘rqa boshlayapti. U bilan jang qilishga tayyor yigitlar bor-yo‘qligini ham bilmayman”, deydi Tayson. 

Benavidez hozirda vaqtinchalik WBC chempionlik unvoniga ega va u divizion yetakchisi meksikalik Saul Alvaresga majburiy raqib hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Devid Benavidez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing