Tayson Jons bilan revansh jangini o‘tkazmoqchi

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Mayk Tayson vatandoshi Roy Jons bilan navbatdagi jangni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Tayson va Jons o‘rtasidagi dastlabki ko‘rgazmali to‘qnashuv 2020 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgandi. 8 raund davom etgan jang durang bilan yakunlangan. 

56 yoshli Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazgan, janglardan 50 tasida g‘alaba qozongan (44 ta nokaut) va 6 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning 2 ta jangi haqiqiy emas deb topilgan. Jons esa jami 76 ta jang o‘tkazgan, 66 ta g‘alaba (47 nokaut) va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Roy hozir 54 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Roy Jons

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing