Tayson yana ringga chiqadi. Uning keyingi raqibi kim bo‘lishi mumkin?

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Evander Xolifild 2021 yilda Mayk Taysonga qarshi ringga ko‘tarilishga yaqin turibdi. Bu haqda “Metro” nashri yozmoqda.

“Agar mendan Tayson bilan yana ringga chiqish so‘ralsa, ha deyman. Bitimga yaqin turibmiz. O‘ylaymanki, ikkalamiz ham kurashmoqchimiz. Shunday ham bo‘ladi”, deydi Xolifild.

Ma’lumot o‘rinda, 58 yoshli Xolifild oxirgi marta 2011 yilda Brayan Nilsenga qarshi ringga ko‘tarilgan. Ushbu jangning o‘ninchi raundida Xolifild raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, Xolifild Mayk Taysonga qarshi avval ham ringga chiqqan. 1996 yilda bo‘lib o‘tgan o‘sha jangda Xolifild Taysonni texnik nokaut uchratgan edi.

Tayson esa so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabr oyida boshqa bir afsona Roy Jons bilan jang qilgan edi. 8 raund davom etgan jangda durrang qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roy Jons Tayson

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing