Tayson va Pol o‘rtasidagi jangning yangi sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Amerikalik mashhur sobiq bokschi, og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang 15 noyabr kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda jang tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Tayson va Pol jang qiladigan turnirda Amanda Serrano va Keti Teylor o‘rtasida ham to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Aslida Tayson-Pol jangi 20 iyul kuni o‘tkazilishi kerak edi, biroq may oyi oxirrog‘ida Mayamidan Los-Anjelesga uchayotgan vaqtda 57 yoshli Mayk Tayson o‘zini yomon his qildi. Qayd etilishicha, sportchining oshqozonida muammo kuzatilgan va oqibatda Taysonning boshi aylangan.

Ma’lumot uchun, Tayson profboksda jami 58 ta jang o‘tkazib, bahslarning 50 tasida g‘alaba qozongan. U 1987 yildan 1990 yilgacha og‘ir vaznda jahon chempionligi unvonini o‘zida saqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Jeyk Pol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made