Energetika vazirligida 3 boshqarma boshlig‘i o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi markaziy apparatida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Vazirlikda uchta boshqarmaga yangi rahbar tayinlandi. 

Azamat Akmalovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Azamat Abdurahmonov bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotishni hisobga olish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ilhom Anvarovich Ne’matullayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ilhom Ne’matullayev bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Abdumalik Abdusalimovich Nazirov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi tayinlov

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing