General Do‘stum keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini ma’lum qildi
Jamiyat
−
07 dekabr 2019
21056Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stum mamlakat shimolida terrorchilarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “TOLONews” xabar berdi.
General Juzjon viloyati markazi Shibirg‘onda shunday bayonot qilgan. Mahalliy hukumatlarning fikricha, ISHID va boshqa ekstremistik guruhlar jangarilari Faryob, Sari-Pul, Juzjon, Balx va Samanganda faollashgan.
“Bizga ISHID bazasi borligi haqida ma’lumot keldi. Biz sizni ishontiramiz, afg‘on kuchlari ISHID yoki “Al-Qoida”ga aloqador har qanday markazni yo‘q qiladi”, dedi Do‘stum.
Ta’kidlanishicha, Faryob-Juzjon va Juzjon-Balx shossesida doim hujumlar uyushtirilyapti. Terrorchilar yo‘lovchilarni garovga olib, keyin tovon talab qilyapti.
Joriy yilning 2 dekabr kuni AQSH armiyasi qo‘mondoni Skott Miller Abdul Rashid Do‘stum va milliy mudofaa departamenti rahbari Asadulla Holid bilan uchrashdi. Ular harbiy operatsiyalar va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
LiveBarchasi
26 noyabr