TATUga yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15 iyundagi qaroriga ko‘ra,  Elektromagnit moslashuv markazi – “EMMM” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Baxtiyor Shuhratovich Mahkamov Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, u 1985 yilda tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2006 yil Toshkent davlat texnika universitetining moliyaviy menejment yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni tamomlagan. 

2008 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetining menejment (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 

2016 yildan Iqtisodiyot fanlari doktori. 2019 yildan Dotsent. 2020 yildan Professor.

2007-2013 yillarda “Uzdunrobita” QK marketing bo‘limi, marketing tadqiqotlari bo‘limi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan. 

2013 yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida “Mehnat iqtisodiyoti va boshqaruvi” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 

2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OO‘MKHT Markazining “Marketing, investitsiyalar va ta’lim iqtisodiyoti” bo‘limi bosh mutaxassisi, boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi. 

2015-2020 yillarda 1-toifali muhandis, Elektromagnit moslashuv markazining “Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

2020 yil yanvaridan dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining "Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish" bo‘limi boshlig‘i, Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining kotibi. 

2021 yildan Elektromagnit moslashuv markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

B.Mahkamov oilali, uch o‘g‘il otasi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktyabr oyida Sarvar Najimovich Babaxo‘jayev Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Mahkamov

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar