TATU talabalari “Youth mobile” tanlovida g‘olib bo‘lishdi

Jamiyat 753
image

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida mobil ilovalar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan “Youth Mobile” tanlovida TATU talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 

Universitetning Kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabasi Sayyora Rahimova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 12.500.000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu fakultetning “Informatika asoslari” kafedrasi yosh o‘qituvchisi Zarnigor Fayzullayeva tanlovda 2-o‘rin egallab, 4.000.000 so‘m mukofoti bilan takdirlandi. 

Tanlov 2018 yilning noyabrida boshlanib, finalda talabalarning 10 ta ishlanmasi namoyish etildi. G‘olib talabalarning mobil ilovalari Google Play va AppStore onlayn-do‘konlarlariga joylashtiriladi.

Umar Murod
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 11
Reyting: 3.1
Будьте в курсе событий!
×
×