Tatariston rahbari Surxondaryoga keldi (video)

Jamiyat

image

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bugun, 27 mart kuni amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Rustam Minnixanovni aeroportda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov kutib olgan. 

Bildirilishicha, tashrif davomida erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rustam Minnixanov Qoraqalpog‘istonga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Ulug'bek Qosimov Rustam Minnixanov Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing