Tatyana Karimova 74 yoshni qarshiladi

Bu qiziq 15341
image
-

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova bugun, 26 avgust kuni 74 yoshni qarshiladi.

Tatyana Karimova ommaviy axborot vositalarida ko‘p chiqish qilmagan. Jurnalistlarga uning biografiyasi tanish emas. Global tarmoqda ham Tatyana Karimova haqidagi ma’lumotlar kam uchraydi. QALAMPIR.UZ Tatyana Karimovaning biografik ma’lumotlarini qo‘lga kiritdi. 

Tatyana Karimova (Azizova) 1948 yilda Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida harbiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi tojik, onasi esa rus millatiga mansub bo‘lgan. 1952 yilda u ota-onasi bilan Farg‘ona viloyati Quvasoy shahriga ko‘chib o‘tdi. 

1966 yilda o‘rta maktabni tugatgan Tatyana Azizova 1971 yilda Samarqand kooperativ institutini texnolog muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

O‘z mehnat faoliyatini 1975 yildan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot institutida boshlagan. 1982 yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 

Tatyana Azizova Islom Karimov bilan 1971 yilda turmush qurgan. Ularning ikki nafar qizlari – Gulnora va Lola, nabiralari bor.

Семейное дело” Гuльнары Karimovой: все тайное остается тайным | Новости  Таджикистana ASIA-Plus

Tatyana Karimova turmush o‘rtog‘i Islom Karimov bilan ilk tanishuvini shunday xotirlaydi: 

“Islom Abdug‘aniyevich bilan 1970 yili Samarqandda, muhandislik-texnologiya fakultetining oxirgi kursida o‘qigan kezlarim tanishganmiz. Birinchi uchrashuvimiz ularning akalari Ibod G‘aniyevichning uyida bo‘lgan. Ibod G‘aniyevichning rafiqasi Xayriniso Sultonovna mening ammavachcham edi. Men talabalar yotoqxonasida istiqomat qilar, darsdan keyin ularnikiga tez-tez mehmonga borib turar edim. Ibod G‘aniyevich oqko‘ngil, aqlli va odamshavanda inson, boz ustiga, yaxshi suhbatdosh ham edilar.

Yangi yil eshik qoqib turgan kunlarning birida opamnikida o‘tgan navbatdagi mehmondorchilikdan so‘ng endigina ketishga taraddud ko‘rib turganimda bir yigit kelib qoldi. Uni menga Ibod G‘aniyevichning ukasi deb tanishtirishdi. Bu Islom Abdug‘aniyevich edilar. Birinchi uchrashuvimizda deyarli gaplashmadik. O‘shanda opam yo‘ldan kelgan mehmon qo‘lini yuvishi uchun ko‘zadan suv quyib berishimni so‘radilar. Keyin oila davrasida yana bir necha bor uchrashdik.

Tatyana Karimova рассказыvaет о жизни с Исламом Karimovым | Центр-1 /  Centre1.com - Новости из Узбекистana

Kechagidek yodimda, martning yettinchi kuni, ayni bayram arafasi edi. Ko‘klamning xush iforga to‘la iliq havosi. Shig‘alab yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan keyin atrof-borliq toza, musaffo va go‘zal bo‘lib ketgan. Ko‘lmaklarda osmon parchasi aks etar, ko‘ngillar yorishib, farahbaxsh hislarga limmo-lim to‘lgan edi. Men talabalar yotoqxonasida edim. Ittifoqo meni birov so‘rab kelganini xabar qilishdi. Kelgan inson kim ekanini tasavvur ham kalaolmaganim rost. Chiqib ko‘rdimki, meni yo‘qlab kelgan odam Islom Abdug‘aniyevich ekanlar.

Tatyana Karimova рассказала о первом свидании с Ислам Karimovым

Meni xiyobonda sayr qilishga taklif etdilar. Biz ilk bor yolg‘iz o‘zimiz ko‘rishib, gaplashib turgan edik. Tabiat, ob-havo, o‘qish haqida suhbatlashdik. Odatiy suhbat. Lekin sayr asnosida Islom Abdug‘aniyevich to‘xtab, hech kutilmaganda “Menga turmushga chiqasizmi?” deb so‘radilar. Men uchun bu mutlaqo kutilmagan hol edi. Qanday izohlashni ham bilmayman: aql vaziyatni hali to‘liq anglab, baholab bo‘lmasdan, qalb va yurak “ha” deya javob berib bo‘lgan edi. Ko‘ngil shubhayu gumondan xoli kezlarda shunday bo‘ladi. Men bu insonning ichki kuchi, samimiyati, jozibasi, qat’iyati va nedir bir ohanrabosini sezgan bo‘lsam kerak... Men “ha” deya javob berdim. Bari ana shunday kechgan edi. Bor-yo‘g‘i bir necha qisqa uchrashuv...

Islom Abdug‘aniyevich aprelda ota-onamdan qo‘limni so‘ragani Quvasoyga bordilar. To‘yimiz may oyida dastlab Samarqandda, keyinroq Quvasoyda bo‘lib o‘tdi”.

Tatyana Karimova 1996 yildan "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro nodavlat xayriya jamoat fondi prezidenti lavozimida faoliyat yuritdi. Ayni vaqtda Fond faoliyati tugatilgan. 

2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Vasiylik kengashi a’zosi. 

Hozirda u Islom Karimov muzeyini yaratishda, turli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha turli tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 409
Reyting: 3
t
×