Tasodifan topib olingan komiks rekord narxda sotildi
Bu qiziq
−
24 noyabr 6811 1 daqiqa
AQSHda aka-uka vafot etgan onasining chordog‘idan Supermen haqidagi ilk komikslardan birini topib oldi va uni auksionda 9,12 million dollarga sotdi. Shu tariqa u auksionda sotilgan eng qimmat komiks sifatida tarixga kirdi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Aka-ukaning yoshi 50-60 atrofida. Ular 1939 yilga oid komiksni 2024 yilda chordoqdagi gazetalar to‘plami ostidan, o‘rgimchak to‘ri bosgan karton qutidan topgan. Maxsus baholash xizmati komiksning holatini 10 balldan 9 ball deb belgilagan va bu avvalgi rekordni (8,5 ball) ortda qoldirgan. Joriy yilning 20 noyabr kuni u autsionda 9,12 million dollarga sotilgan.
Bundan avval auksionda sotilgan eng qimmat komiks 1938 yilgi nashr bo‘lib, unda Supermen birinchi marta paydo bo‘lgan. Uning yakuniy narxi hozirgi sotuvdan 3 million dollarga arzonroq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq niderlandiyalik rassom Vinsent Van Gogning “Parij romanlari to‘plamlari va stakandagi atirgullar” nomli kartinasi Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida 62,7 million dollarga sotilgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr