Erdo‘g‘an Jonson bilan AQSH-Eron muammosini muhokama qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 7 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Erdo‘g‘an ma’muriyati qisqa va lo‘nda xabar bermoqda. 

Prezident Erdo‘g‘an Jonson bilan AQSH va Eron o‘rtasida soat sayin avj olayotgan notinch vaziyatni muhokama qilgan. Shuningdek, Suriya va Liviyadagi masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 8 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyuradi. Prezidentlar Putin va Erdo‘g‘an uchrashib, Suriya va Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Boris Jonson

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing