Novosibirskdan 253 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Jamiyat
−
23 mart 2020
6683Kecha, 22 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tolmachevo aeroportidan Novosibirsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini bajardi. Havo kemasida 253 nafar yo‘lovchi - O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, mazkur qatnov transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov, boshqaruv raisining o‘rinbosari, tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi Shuhrat Xudoyqulov hamda Tashqi ishlar vazirligi komissiyasi a’zolari ko‘magida va yordamida amalga oshirildi.
Bildirilishicha, yo‘lovchilar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda aviakompaniyaning charter qatnovlari jadvalini ishlab chiqargan Maxsus respublika komissiyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
Uzbekistan Airways’ning keyingi charter qatnovlari haqidagi barcha ma’lumotlar aviakompaniya saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishi aytilgan.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 45 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr