Tashkilot matbuot kotibi rahbarning o‘rinbosariga tenglashtirildi
Jamiyat
−
28 iyun 2019
3717Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ustuvor ravishda jurnalistika sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar orasidan lavozimga tayinlanishi belgilandi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari:
bir vaqtning o‘zida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi hamda mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtirildi;
tegishlicha Agentlik yoki uning hududiy bo‘linmalari xulosasini hisobga olgan holda lavozimga tayinlanadi;
har uch yilda Agentlikda attestatsiyadan o‘tadi.
LiveBarchasi