“Tashkent city”dagi yong‘inda jarohatlanganlar bormi? SSV rasmiysi javob berdi

3-sahifa

image

Biroz avval poytaxt Toshkentdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan binolardan birida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik. Voqea joyiga bir nechta tez yordam mashinalari yetib kelgan. Biroq, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy bayonotida yong‘inda hech kim jarohatlanmaganini aytib chiqdi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev ham tahririyat bilan bog‘lanib, holatga nisbatan munosabat bildirdi. 

Unga ko‘ra, yong‘inda jarohatlanganlar aniqlanmagan. Qolaversa, poytaxtdagi davolanish muassasalariga ham yong‘indan jarohatlanish holati bo‘yicha murojaat qilganlar bo‘lmagan. 

“Sog‘liqni saqlash vazirligida mavjud ma’lumotlarga qaraganda, “Tashkent city”dagi bugungi yong‘inda hech kim jarohat olmagan. Voqeadan so‘ng hech kim poytaxtdagi shifoxonalarga murojaat ham qilmagan. Ayni paytda yong‘in o‘chirilib, hududdagi qurilish ishlari davom ettirilmoqda”, deydi Furqat Sanayev.

Eslatib o‘tamiz, bugun oat 15:00  atrofida “Tashkent city” majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlanadigan omborda yong‘in chiqdi. FVV axbrotiga ko‘ra, quruvchilar ehtiyotsizligi tufayli tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan o‘t chiqqan. Soat 15:15 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashkent city

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing