Tashkent city`dagi binoning shiftlari nega nomutanosibligi aytildi
Jamiyat
−
03 iyul 2019
8474Kecha, 2 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent city`ning ikkinchi loti hududida qurilayotgan binoning fotosurati tarqaldi. Tasvirda qo‘shni balkonlar shiftlarining nomutanosibligini ko‘rish mumkin.
Real House kompaniyasi bosh muhandisi Mirzoulug‘bek Xolxanov va loyihachi Yauz Ahmat Chal tomonidan bu masala yuzasidan hujjat taqdim etildi va izoh berildi.
Unga ko‘ra, ushbu qavatda “food court” joylashishi ma’lum qilingan. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyaga ko‘ra, ushbu zonani yopish uchun rigel ko‘tarilgan.
“Qo‘shimcha o‘rnida ta’kidlab o‘tamiz-ki, mutaxassislar, pudratchilar va investorlar tomonidan qat’iy nazorat qilib borilayotgan – qurilish-montaj ishlari barcha xalqaro standart va normalarga to‘liq javob beradi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi