Tashkent City’da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
06 yanvar 8137 1 daqiqa
Bugun, 6 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:55 da tumanning Botir Zokirov ko‘chasi Tashkent City 2-lot hududida konteyner yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 08:57 da yetib borib, yong‘in soat 09:01 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozoridagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart